AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Uzoqboy Begimqulov ishtirokida brifing o`tkazildi. Brifing "O`zReport" telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatildi. Muxlislar onlayn tarzda o`zini qiziqtirgan savollarni yo`llab, ularga mas`ullardan batafsil javob olishdi. Bu haqda koronavirus.info kanali ma`lum qildi.
Karantin sababli ta`til berilishi yozgi ta`tilga ta`sir ko`rsatmaydimi degan mazmundagi savol ham ko`pchilikni qiziqtirishi ma`lum bo`ldi.
Savol: Karantin tufayli berilgan ta`til sabab yozda ta`til berilmaydimi?
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Uzoqboy Begimqulov ushbu savolga quyidagicha javob berdi:
«Karantin sabab yozdagi ta`til muddati qisqarishi tabiiy, uning muddati karantin sababli berilgan ta`tilning qanchalik davom etishiga bog`liq bo`ladi.
Hozir navbatdan tashqari ta`til necha kunga cho`zilishidan qat`iy nazar, barcha talabalarga masofaviy va mustaqil ta`lim olish orqali o`quv dasturlarini o`zlashtirishga imkoniyatlar yaratib berilgan».