1

Respublika maxsus komissiyasi karantini bilan bog`liq cheklovlar haqida axborot berdi

Jamiyat 22.03.2020, 17:07
Teglar: koronavirus O`zbekiston
Respublika maxsus komissiyasi karantini bilan bog`liq cheklovlar haqida axborot berdi

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Mamlakatimiz hududida bemorlar yoki kasallikka shubha qilingan shaxslarni o`z vaqtida aniqlash va mamlakat bo`ylab kasallik tarqalishini oldini olish, shuningdek, majlisda ko`rilgan boshqa masalalar yuzasidan respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

Qaror bilan bir qator cheklovlar o`rnatilib, muayyan choralar ko`rilmoqda.

Xususan, respublika chegara hududlaridagi mavjud chegara o`tkazish punktlari 23 mart kuni soat 00:01 dan boshlab barcha shaxslar uchun (O`zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan boshqa mamlakat fuqarolaridan tashqari) yopiladi.

Shuningdek, 23 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha korxona va muassasalarga (mulkchilik shaklidan kat`iy nazar) asosiy ish faoliyatiga ta`sir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta`tiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etiladi. Hodim va ishchilar o`z ish joyida shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo`lishi talab etiladi, shuningdek karantin choralarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo`llaniladi.

Shu bilan birga, Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23 martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo`lgan shaxslarga “ogohlantirish” beriladi. 25 mart kuni soat 6:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo`lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo`llaniladi.

Tibbiy himoya vositalari, xususan, niqoblarning tanqisligini sun`iy vujudga keltirib, narxini oshirgan “tadbirkor”larga qat`iy choralar ko`riladi.  

Mamlakatimiz fuqarolarining sog`lig`ini himoya qilish maqsadida zarur bo`lmagan hollarda, ayniqsa 65 yoshdan yuqori va surunkali kasali bor bo`lgan yurtdoshlarimizni uyidan tashqariga chiqmasliklari va ko`chaga chiqqanda – shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo`lishlari tavsiya etiladi.

Barcha savdo va dexqon bozorlarida savdo qilish nuqtalarida kasallik profilaktikasi maqsadida aholining yaqin masofada bo`lishlarini oldini olishga qaratilgan choralar ko`riladi.  

@koronavirusinfouz

#vahimasizkarantin

#karantinbezpaniki

Sharhlar

23-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 65 ming nafarga yaqinlashmoqda

24.10.2020, 00:08

2020 yil 23 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 811 (+87) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining:19 nafari Toshkent shahrida, 68...
22-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafardan oshdi

22.10.2020, 23:42

2020 yil 22 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 518 (+79) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining: 14 nafari Toshkent shahrida,  65...
20-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni 64 ming nafarga yaqinlashmoqda

20.10.2020, 23:57

2020 yil 20 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 63 912 (+81) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Toshkent shahrida, 71...
17-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 63 ming nafarga yaqinlashmoqda

18.10.2020, 02:42

2020 yil 17 oktyabr soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 62 995 (+82) nafarni tashkil etmoqdaYangi kasallanish holatlarining:24 nafari Toshkent shahrida,54...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1