2020-yil 24-martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi barcha respublika ichidagi aviaqatnovlarini noma`lum muddatga bekor qilishi haqida xabar beradi.
Aviakompaniya ushbu vaziyatni tushunishingizni so`raydi, shuningdek, qatnovlar qayta tiklanganidan keyin aviachiptalaringizni istalgan sanaga qayta bron qilish imkoniyati mavjudligi haqida eslatib o`tadi.