AsosiyJamiyat

Ishlab chiqarish korxonalarida ekologiyaga zararni kamaytirish uchun nimalar qilinyapti?

OAV vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjumanda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarish korxonalarida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi mahokama qilindi.

'Ishlab chiqarish korxonalarida ekologiyaga zararni kamaytirish uchun nimalar qilinyapti?'ning rasmi

Mutaxassislarning qayd etishicha, o‘tgan yili “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi barcha boshqarma va korxonalar bo‘yicha atmosfera havosiga tashlanadigan tashlanmalarning ekologik normativ miqdori 142,3 ming tonnaga belgilangan bo‘lsa, amalda 73,1 ming tonnaga kamaytirilgan. Ya’ni belgilangan me’yorga nisbatan 69,2 ming tonna yoki 48,6 foizga kam tashlanishga erishilgan. 

Oqova suvlar tashlanmalarini kamaytirish bo‘yicha o‘tgan yilda belgilangan ekologik normativ miqdorga nisbatan 62,6 foizga, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilar miqdori 36 foiz kam chiqindi hosil bo‘lishiga erishilgan. 

Dastur doirasida eskirgan qozonlar o‘rnini energiya tejamkor qurilmalar bilan almashtirish, yoqilg‘i resurslarini tejash maqsadida muqobil energiya manbalaridan foydalanish yo‘lga quyilgan. Bu nafaqat energiya sarfi, balki umumiy emissiyalarni kamaytirishga yordam bergan. Shu bilan birga yangi chang-gaz tozalash qurilmasini ishga tushirish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilish ishlari ham samarali olib borilgan.

Jamiyatda Yashil makon umummiliy loyihasiga ham katta e’tibor qaratilib, 2024 yilda 348,5 ming tup daraxt ko‘chati ekilishi belgilangan bo‘lib, amalda 367,0 ming tup ekilgan. Jamiyat tizimidagi korxonalarda jami 388 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilib, 166 gektar maydonda yashil belbog‘lar tashkil etilgan.

Atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy ta’minotini rivojlantirish bilan birga ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ham katta e’tibor qaratilib, tabiatga salbiy ta’sirlar sezilarli darajada kamaytirilgan.

    Boshqa yangiliklar