O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qaroriga muvofiq idoraviy bo`ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:
◾️tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo`llagan holda kiritish tartibini majburiy joriy etish;
◾️ish joylarida xodimlarning tana haroratini o`lchash va tana harorati yuqori bo`lgan xodimlarni ish joyida bo`lishiga yo`l qo`ymaslik hamda ushbu xodimlar to`g`risida sog`liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar etkazish;
◾️davlat sanitariya nazorati organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo`lganlar haqida darhol ma`lumot berish, kasallangan shaxs bo`lgan joylarni dezinfeksiyadan o`tkazish choralarini ko`rish;
◾️xodimlarga izolyasiya rejimida bo`lishga oid talablarga rioya etishda ko`maklashish.