AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida yashab, poytaxtda ishlaydiganlar uchun maxsus avtobuslarda tashkil etildi

'Toshkent viloyatida yashab, poytaxtda ishlaydiganlar uchun maxsus avtobuslarda tashkil etildi'ning rasmi

Toshkent shahri jamoat transporti faoliyati vaqtinchalik to`xtatilgani, shuningdek, poytaxtga kirib-chiqishning cheklanishi munosabati bilan bugun, 24 mart kunidan boshlab Toshkent viloyatida doimiy ro`yxatdan o`tgan holda Toshkent shahrida mehnat (xizmat) qilayotgan fuqarolarning ish joylariga kelishi va ketishini ta`minlash, ular mehnat qilayotgan korxona va tashkilotlarning buyurtmasiga binoan «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtokorxonalar tomonidan ShARTNOMA asosida amalga oshiriladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.

Korxona va tashkilotlar mutasaddilari buyurtma asosida avtobuslar ajratish masalasida «Toshshahartransxizmat» AJning 71 233 51 47 va 71 244 18 63 telefon raqamlariga murojaat etishlari mumkin.

Bundan boshqa masalalarni hal etish “Toshshahartransxizmat” AJ vakolatiga kirmasligi ham eslatib o`tilmoqda.

Toshkent shahriga kirib-chiqish cheklovlari bo`yicha o`rnatilgan tartiblar bilan bog`liq masalalar yuzasidan  vakolatli organlarga  murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar