O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira, “Kitob dunyosi” gazetasi bosh muhariri Xosiyat Rustamova tahririyat nomidan ajoyib tashabbus bilan chiqibdi. Shoira ushbu chaqirig`i 3-4 tilga tarjima qilingan va tarqatilgan, shundan so`ng tahririyat pochtasiga dunyoning har tarafidan fikrlar oqib kelgan.
O`zbekistondagi "Kitob dunyosi" gazetasining Bosh muharriri, Xosiyat RUSTAMOVA:
"Men dunyoni juda katta deb o`ylardim. Men bilgan dunyoning Osmonlari shu qadar baland ediki, unga qarash ham qo`rqinchli edi! Musibat butun bir insoniyatni bir joyga yig`di. Bugun ko`rib turibmanki, tanganing bir tarafiga sig`adigan Dunyomiz bor! Bizlar esa hech kimmiz! Ammo, yana bir narsani his qilyapmanki, yuragimizda o`likni tiriltira oladigan Mehrimiz, bugun yashab turishimiz va atrofimizdagilar, uzoqdagi yaqinlarimiz uchun zarur bo`lib turgan Muhabbatimiz bor. Bugungi kunda quyosh nuri qanchalik zarur bo`lsa, bir-birimizga bo`lgan mehr-muhabbat ham shu qadar ahamiyatlidir. Mening aziz Do`stlarim – Butun Dunyo shoir-yozuvchilari! Bugun Sizlarni Mehr-Muhabbat, Insoniyatni asrab qolish, Planeta xavfsizligi uchun hajmi 2-3 kog`ozdan iborat bo`lgan asar yozishga chaqiraman! Biz, o`zimiz bilmagan holda kimlargadir malham bo`lishimiz, Shoir-yozuvchilar butun koinotni asrab qolishimiz mumkinligini, mehr-muhabbatga hech qachon, hech qanday virus yuqmasligini isbotlashimiz kerak! Biz butun Insoniyatni ko`zlari yoshsiz ko`rgimiz kelayotganini yozganlarimizda aks ettiraylik! Sizlarni chin qalbim bilan sevaman! "
O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira, “Kitob dunyosi” gazetasi bosh muhariri Xosiyat Rustamova tahririyat nomidan ushbu ajoyib tashabbus bilan chiqibdi. Shoiraning aytishicha, ushbu chaqiriq 3-4 tilga tarjima qilingan va tarqatilgan, shundan so`ng tahririyat pochtasiga dunyoning har tarafidan fikrlar oqib kelmoqda. Yurtimizdagi yozuvchi-shoirlarni ham ushbu mavzu atrofida birlashishga chaqiramiz.






