AsosiyJamiyat

Yana 266 nafar yurtdoshimiz Buxoroda karatinga olindi

'Yana 266 nafar yurtdoshimiz Buxoroda karatinga olindi'ning rasmi

Viloyat hokimligida tegishli boshqarma, tashkilot va korxonalar mas`ul xodimlaridan tarkib topgan «SOVID-19» o`tkir yuqumli kasalligiga qarshi kurashish va uning tarqalishining oldini olish bo`yicha viloyat Shtabidan olingan ma`lumotga binoan, kuni kecha, ya`ni 24 mart kuni yarim tunda Rossiya Federasiyasidan 614-sonli reys bilan “Vnukovo - Buxoro” yo`nalishida uchgan aviareys qabul qilindi.

Samolyot bortida 266 nafar mamlakatimiz fuqarolari favqulodda holatdan kelib chiqqan tartib-qoidalar asosida kutib olindi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shaxsiga to`xtalsak, ularning 202 nafari erkak, 64 nafari ayol va 11 nafari voyaga etmaganlar. Yo`lovchilarning 7 nafari nafaqa yoshidagilardan iborat bo`lsa, ularning 4 nafari chet davlatdan deport qilinganlardir. Tarkibda viloyatimizdan tashqari, Toshkent shahri hamda viloyati, shuningdek, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, vodiy viloyatlaridan, qolaversa, Qoraqalpog`iston respublikasidan yurtdoshlarimiz bor.

Buxoro xalqaro aeroportida tegishli tartibda karantin me`yorlariga muvofiq qarshi olingan yo`lovchilar orasidan tana harorati yuqori bo`lganligi sababli 4 nafar fuqaro viloyat Yuqumlik kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Qolgan yo`lovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazardan qattiq nazorat o`rnatilgan.

Afsuski, aviabortda Vobkent tumanida istiqomat qilgan bir nafar fuqaroning jasadi ham qabul qilingan. Ma`lum bo`lishicha, Rossiya Federasiyasiga qatnab, ishlab yurgan bu fuqaro insult kasalligi natijasida chet elda vafot etgan.   

Viloyat hokimligi matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar