1

Xitoy mutaxassislari bemorni koronavirusdan 4-5 kunda tuzatadigan dori tavsiya qilmoqda

Dunyo 26.03.2020, 10:10
Xitoy mutaxassislari bemorni koronavirusdan  4-5 kunda tuzatadigan dori tavsiya qilmoqda

 

Xitoy mutaxassislari, koronovirusga chalingan bemorlarni Favipiravir vositasi bilan davolash tavsiya qilishmoqda, deya yozdi "human.uz".

Biroq bu tavsiyaga savollar bor:

—Xitoyning Zhejiang Hisun Pharmaceutical farmasevtika kopmaniyasi, koronovarisuga qarshi kurashuvchi samarali vosita sifatida Favipiravirni sotish uchun Xitoy hukumatidan roziligini olganligini bildirgan. O`tkazilgan tekshiruvlarga qaraganda, mazkur dori vositasini iste`mol qilgan koronavirusga chalingan bemorlarning isitmasi tushishi, o`pka yalig`lanishi to`xtashi, sog`lig`i tezroq tiklanishi kuzatilgan.

Favipiravir vositasi (Avigan, T-705 yoki Favilavir nomlari bilan ham tanilgan) Yaponiyaning Toyama Chemical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilib, 2014 yilda Yaponiyada sotishga ruxsat etilgan. 

China.org axborot portalida, Xitoy xalq Respublikasi Fan va texnika vazirligi huzuridagi Biotexnologik tadqiqodlar markazi direktori Chjan Sinminya, Favipiravir koronavirusga chalingan 70 nafar bemorlarda sinab ko`rilib, vosita yaqqol ijobiy natijalar ko`rsatgani va deyarli salbiy oqibatlar kuzatilmaganligi ta`qidlagani keltirilgan.

Mazkur yangilikdan so`ng, jaxon birjalarida o`z ichiga Toyama Chemical kompaniyasini ham qamrab olgan Fujifilm kompaniyasining aksiyalari 15 foizga ko`tarilgan.

Uxan va Shenchjen shaharlarida COVID-19ga chalingan insonlarning Favipiravir vositasi bilan davolanganlari, davolash muolajalari boshlangadan so`ng 4-5 kunda to`liq tuzalishgan.

Lekin boshqa turdagi vositalar bilan davolanganlar esa 11 kunda shifo topishgan. Bundan tashqari, Rentgen natijalariga ko`ra, mazkur vosita bilan davolangan bemorlarning 91 foizida o`pkasidagi yalig`lanishlarni to`liq tuzalishi ko`zatilgan.

Ammo, Yaponiya Sog`liqni saqlash vazirligi og`ir ahvoldagi bemorlarga Favipiravir vositasi yaxshi samara bermasligini bildirgan.

Janubiy Koreya hukumati, mahalliy ekspertlarning Aviganni infeksion kasalliklarga chalingan bemorlarda etarli sinalmagan degan vajga asoslanib, ushbu vositani importini ta`qiqladi.

AQSh dorixonalarida Favipiravir istalgan miqdorda sotilmoqda. Lekin AQShda koronavirusga chalinganlarda Favipiravir qo`llanilganligi to`g`risida ma`lumotlar mavjud emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1