1

Tailanddan 257 nafar O`zbekiston fuqarosi charter reys bilan olib kelinib, Farg`onada karantinga olindi (video)

Jamiyat 26.03.2020, 14:24
Tailanddan 257 nafar O`zbekiston fuqarosi charter reys bilan olib kelinib, Farg`onada karantinga olindi (video)

«O`zbekiston 24» telekanalining jonli efirida ma`lum qilinishicha, bugun, 26 mart kuni, ertalab Bangkok—Farg`ona charter reysi orqali Tailanddan 257 nafar O`zbekiston fuqarosi Farg`onaga olib kelindi. 

Ular Oltiariq tumanidagi «Qiziltepa» sihatgohida karantinga olindi. Davlatimiz rahbarining topshirig`i asosida tashkil etilgan mazkur maxsus avireys orqali 163 nafar ayol, 67 nafar erkak hamda 27 nafar voyaga etmaganlar O`zbekistonga olib kelingan.

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, triatlon bo`yicha O`zbekiston yoshlar jamoasi Tailandda mashg`ulot o`tkazayotgan bo`lgan va shu kuni sportchilar ham  mazkur charter reys orqali O`zbekistonga qaytarildi.

Samolyotdan tushgan har bir yo`lovchi maxsus dorilar bilan dezinfeksiya qilingan. 

Eslatib o`tamiz, kecha, 25 mart kuni “Vnukovo - Buxoro” yo`nalishida uchgan aviareys qabul qilinib, 266 nafar fuqaro Buxoroda karantinga olingan edi. Sal avval, “Moskva - Buxoro” yo`nalishida uchib kelgan 249 nafar mamlakatimiz fuqarolarining 10 nafari kasalxonaga yotqizilgani xabar qilindi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1