1

Bo`z-suv kanaliga chiqindi tashlagan shaxslar javobgarlikka tortildi

Jamiyat 26.03.2020, 16:33
Bo`z-suv kanaliga chiqindi tashlagan shaxslar javobgarlikka tortildi

23.03.2020 yilda fuqaro U.A. (1964 y.t.) o`zi istiqomat qiladigan Yunusobod tumani, Oqtepa mahallasi, Bo`z-suv ko`chasidagi uyning “Bo`z-suv” kanali qirg`og`iga tutashgan orqa tomonini kengaytirish va bog` tashkil qilish maqsadida, haydovchi F.M.dan (1988 y.t.) kanal qirg`oqlarini to`ldirib berishni so`ragan.  

O`z navbatida, davlat raqami 01 129 RBA “HOWO” rusumli yuk mashinasi xaydovchisi F.M. va davlat raqami 01 X 615 SA “ZIL” rusumli yuk mashinasi xaydovchisi M.X.lar tomonidan qurilish chiqindilari yuk mashinalarida olib kelinib, “Bo`z-suv” kanali qirg`oqlariga to`kilgan va suv ifloslantirilgan.  

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A., F.M. va  M.X.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 72-moddasi (Suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish) va  

91-moddasi (Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to`plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizasiya qilish, qayta ishlash, realizasiya qilish chog`ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish) bilan ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi ish qo`zg`atilib, har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya`ni 1.115.000 so`mdan jami 3.345.000 so`m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.  

Shu bilan birga, huquqbuzarlar tomonidan sodir etgan huquqbuzarligi oqibati bartaraf etilib, “Bo`z-suv” kanali qirg`og`i huquqbuzarlar tomonidan tashlangan chiqindilardan tozalandi.    

Bosh prokuratura atrof-muhit muhofazasi, ayniqsa, obi-hayot - suvlarni ifloslantirishga qaratilgan harakatlarning oldini olishda  barcha yurtdoshlarimiz mas`ul ekanini eslatib, bu boradagi barchani ogohlikka chiqaradi.  Aks holda, bundan xatti-harakatlar jinoiy javobgarlikkacha bo`lgan huquqiy choralar qo`llashga sabab bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1