Karantin qoidalarini buzgan shaxs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Qonunga ko`ra, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda Huquqiy axboot kanali xabar berdi.
✅ Xususan, sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo`lishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining:
• tibbiy tekshiruvdan o`tish va davolanish;
• karantinni o`tash uchun belgilangan joylarga etib borish hamda ushbu joyni belgilangan muddat davomida tark etmaslik;
• kasallik yuqishi mumkin bo`lgan davrda muloqotda bo`lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma`lumotlarni oshkor qilish to`g`risidagi hamda boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaganlik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, buning uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
(Hozirga qadar ushbu muddat 3 yilgacha bo`lgan)
Agar o`sha harakatlar odamning o`limiga sabab bo`lsa, ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati 5 yildan 7 yilgacha etib, bir qancha odamlarning o`limiga sabab bo`lsa, – 7 yildan 10 yilgacha etib belgilandi.
(Ilgari ushbu muddatlar tegishlicha 3 yildan 5 yilgacha hamda 5 yildan 8 yilgacha bo`lgan)
▫️Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.