1

O`zbekiston ekologik loyihalarga 250 mln. dollar yo`naltiradi

Jamiyat 08.04.2015, 16:13
O`zbekiston ekologik loyihalarga 250 mln. dollar yo`naltiradi

O`zbekiston hukumati 2015 yilda mamlakatdagi sanoat sektori korxonalarining ekologik dasturlariga 250 mln. AQSh dollari qiymatidagi xorijiy grantlar va kreditlarni yo`naltiradi. Bu haqda telegraf.uz nashri xabar bermoqda.

Xususan, hujjatda Angren va Yangi-Angren IES kul chiqindilarini utilizasiya qilish, Olmaliq KMKda rudalarning qatlamlarini qayta ishlash, to`qimachilik korxonalarida oqava suvlarni bo`yoqlardan chiqindilarsiz tozalash bo`yicha qurilmalarni joriy etish, Sho`rtan gazkimyo kompleksida qazib olish qurilmasini modernizasiya qilish, paxta sanoati korxonalarida muqobil energiya manbalarini joriy etish nazarda tutilgan.
O`zbekiston hukumati atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy va biologik resurslardan oqilona foydalanish va qayta ishlash bo`yicha 2015 yil uchun 14 ta hududiy dasturni ma`qulladi. Mazkur dasturlar jami bo`lib deyarli 690 ta ekologik tadbirni qamrab oladi. Xususan, baliqchilik tarmog`ining salohiyatini oshirish, asalarichilik fermalarini yaratish, yovvoyi hayvonlar uchun yangi boshpanalar qurish rejalashtirilgan. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1