1

O`zbekistonning eng yaxshi o`t o`chiruvchilari aniqlandi

Jamiyat 08.04.2015, 16:41
O`zbekistonning eng yaxshi o`t o`chiruvchilari aniqlandi

O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasida “Davlat yong`in nazoratining eng yaxshi inspektori” ko`rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo`lib o`tdi. Bu haqda kun.uz nashri “Xalq so`zi” gazetasi ma`lumotlari asosida xabar bermoqda.

Belgilangan shartlarga ko`ra, ishtirokchilar Mirobod tumanidagi “Pallada Investment” sho``ba korxonasida o`quv yong`in-texnik tekshiruvini o`tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida asosli tavsiyalar berish va tegishli hujjatlar tuzish borasida o`zaro bahs olib bordi. Shuningdek, ularning kasbiy bilimlari test sinovlari bo`yicha baholandi. Tanlov qatnashchilari taqdim qilgan ishlar ham o`rganib chiqildi. Yakunda Sirdaryo viloyati Xovos tumani IIB YoXB inspektori, serjant Nurali Aliev birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Keyingi o`rinlar esa Yunusobod tumani IIB YoXB katta inspektori, serjant Dilshod Umarov, G`ijduvon tumani IIB YoXB katta inspektori, serjant Ilhomjon No``monov hamda Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani IIB YoXB inspektori, serjant Fazliddin Ahmedovga nasib etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1