Bugungi kunda karantin rejimida ishlayotgan ko`pchilik tashkilot va muassasalar kabi “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti ham masofaviy ta`lim tartibida faoliyat yuritmoqda.
Hammaga ma`lum so`nggi oylarda koronavirus infeksiyasi pandemiyaga aylanib, butun dunyoni tashvishga solmoqda. O`zbekiston hukumati tomonidan ushbu kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida O`zbekiston bo`ylab karantin rejimi e`lon qilindi.
Samarqanddagi “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti jamoasi ham, o`z navbatida, karantin qoidalariga rioya qilgan holda faoliyatini davom ettirmoqda. Talabalar ham o`quv jarayonidan uzoqlashmay, onlayn va Edmodo tizimida ta`lim olishmoqda. “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti o`qituvchi va talabalari hozirgi murakkab davrda #O`zingizniVaYaqinlaringizniAsrang #BeregiteSebyaiBlizkix xeshtegi orqali barchani uyda qolishga, COVID-19’ga qarshi samarali kurashishga chorlamoqda.
Ma`lumot uchun: Edmodo o`qituvchilar va talabalar uchun xavfsiz ta`lim tarmog`i bo`lib, o`qituvchiga talabalar bilan masofaviy aloqani yo`lga qo`yish imkonini beradi.