AsosiySalomatlik

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha koreyalik mutaxassis yurtimizda ish boshladi

'Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha koreyalik mutaxassis yurtimizda ish boshladi'ning rasmi

Dunyoda pandemiya xuruj qilayotgan ayni paytda dunyo va Koreya Respublikasi tajribasi bilan tanishish, mamlakatimizda qo`llanilayotgan koronavirusga qarshi kurashish metodologiyasini o`rganish maqsadida xalqaro mutaxassis, Koreya Respublikasining Koryo universiteti professori Soy Chje Uk ekspert sifatida mamlakatimizga taklif etildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Koryo universiteti professori, Koreya tibbiyot assosiasiyasi ilmiy-tekshirish qo`mitasi raisi, ushbu assosiasiyaning koronavirusga qarshi kurashish bo`yicha shtabi etakchi maslahatchisi Soy Chje Uk bugundan boshlab yurtimizda Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda o`z faoliyatini boshladi.

Ushbu xalqaro ekspert bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash ishlari olib boriladi.

 

Boshqa yangiliklar