AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yagona aviasiya qutqaruv xizmati paydo bo`ldi

O`zbekiston hukumati O`zbekiston Respublikasi yagona aviasiya qidiruv-qutqaruv xizmati to`g`risidagi nizomni tasdiqladi. Hujjatda qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi yagona aviasiya qidiruv-qutqaruv xizmati (YaAQQX) halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidirish va qutqarish ishlari bilan bir qatorda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vazifalari bo`yicha favqulodda vaziyat yuzaga kelganida qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun mo`ljallangan. Bu haqda telegraf.uz  nashri xabar beradi.

O`zbekiston Respublikasi hududida uchrayotgan yoki uchragan havo kemalaridagi yo`lovchilar va ekipajlarni qidirish va qutqarish uchun qidiruv-qutqaruv kuchlari va aviasiya qismlari vositalari, YaAQQX tarkibiga kiruvchi bo`linmalar, vazirliklar, idoralar va aviakompaniyalarning sutka davomidagi navbatchiligi tashkil etiladi.

YaAQQX tarkibiga Mudofaa vazirligi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi davlat inspeksiyasi, «O`zbekiston xavo yo`llari» MAK, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Sog`liqni saqlash vazirligi, joylardagi mahalliy hokimiyat organlari va aeroportlarning ma`muriyatlari kiradi. 

    Boshqa yangiliklar