AsosiySalomatlik

JSST: Koronavirus infeksiyasi havo orqali yuqmaydi

'JSST: Koronavirus infeksiyasi havo orqali yuqmaydi'ning rasmi

Joriy yil 29 mart kuni JSST koronavirus xaqidagi afsonani rad etdi: ushbu kasallik xavo orqali yuqmaydi. Koronavirus yo`tal yoki aksa urish paytida bemorning burnidan yoki og`zidan chiqqan, hamda to`g`ridan-to`g`ri yo`naltirilgan mayda tomchilar orqali yuqadi. Bunday holatda kasallik faqatgina sog`lom kishi bilan kasallangan kishining o`rtasidagi masofa juda yaqin bo`lsa yuqishi mumkin.

Ushbu tomchilar havoda muallaq turish uchun og`irlik qiladilar, ular faqat buyumlar sirtida joylashishi mumkin.

Virus tashuvchidan kamida 1 metr masofada turish infeksiyalanishdan himoyani ta`minlaydi, shuningdek bemorning tupugi yoki nafas yo`lidagi ajralmalar tekkan buyumlar yuzasiga tegish mumkin emas, qo`llaringizni yaxshilab yuvib hamda maxsus vositalar bilan dezinfeksiyalashingiz kerak.

Boshqa yangiliklar