Kuni kecha O`zbekistonning Namangan viloyatida yuz bergan yo`l-transport hodisasida o`n bir kishi halok bo`ldi, deb xabar bermoqda telegraf.uz.
Nashr ma`lumotlariga ko`ra, tog` yo`lidan pastga tushayotgan yuk avtomobili ikkita engil avto – “Neksiya” va “Lasetti” bilan to`qnashib ketgan.
“Yuk mashinasi qarama-qarashi kelayotgan avvaliga birinchi, keyin ikkinchi mashinaning ustidan yurib, so`ng o`zi ham ag`darilgan”, - deyiladi ma`lumotda.
Keltirilgan ma`lumotlarga binoan, har bir engil avtomobilda besh kishidan bo`lgan va yuk mashinasi to`qnashuvidan keyin shu joyning o`zida vafot etgan. “Yuk mashinasi haydovchisi ham halok bo`lgan. Shu tariqa, 11 kishi YTH qurboniga aylandi”, - deyiladi manbada.
Shu bilan birga, xabarlarga ko`ra, mazkur hodisa bo`yicha Namangan viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishi ochilib, tergov olib borilmoqda.





