31 mart soat 11:00 holatiga dunyoning 200ga yaqin davlatida jami 785 910 nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 165,659 nafari sog`aygan, 37 826 nafari vafot etgan, 29 488 nafar bemorlar og`ir ahvolda qolmoqda. Bu haqda sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oxirgi bir sutka davomida (30.03.2020) 61 404ta yangi kasallanish holati qayd etilib, 3 718 nafar bemorlar ushbu kasallikdan vafot etdi.
Kasallik ko`p qayd etilgan davlatlar
AQSh:
Kasallanganlar – 163 844 (+20 353)
Sog`ayib ketganlar – 5 506
Vafot etganlar – 3 156 (+573)
Og`ir ahvoldagi bemorlar – 3 512
Italiya:
Kasallanganlar – 101 739 (+4 050)
Sog`ayib ketganlar – 14 620
Vafot etganlar – 11 591 (+812)
Og`ir ahvoldagi bemorlar – 3 981
Ispaniya:
Kasallanganlar – 87 956 (+7 846)
Sog`ayib ketganlar – 16 780
Vafot etganlar – 7 716 (+913)
Og`ir ahvoldagi bemorlar – 5 231
Xitoy:
Kasallanganlar – 81 439
Sog`ayib ketganlar – 75 448
Vafot etganlar – 3 300
Og`ir ahvoldagi bemorlar – 742
Germaniya:
Kasallanganlar – 66 885 (+4 450)
Sog`ayib ketganlar – 13 500
Vafot etganlar – 645 (+104)
Og`ir ahvoldagi bemorlar – 1 979
Qo`shni respublikalarda:
Qozog`iston: 302 (+18) nafar fuqarolar kasallangan.
Qirg`iziston: 94 (+10) nafar fuqarolar kasallangan.
Eslatib o`tamiz, bungacha, O`zbekistonda koronavirus bemorlari soni 158 nafarni tashkil etgan edi. Bemorlarning 7 nafari butunlay sog`aydi.
Shuningdek, 27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.
28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.