AsosiySalomatlik

Xatirchida qishloq poliklinikasi shifokori 2 yoshli bolani klinik o`lim holatidan hayotga qaytardi

'Xatirchida qishloq poliklinikasi shifokori 2 yoshli bolani klinik o`lim holatidan hayotga qaytardi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha 27 mart kuni Xatirchida qishloq poliklinikasi shifokori 2 yoshli bolani klinik o`lim holatidan hayotga qaytargan. Bu holat Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 33-qishloq oilaviy poliklinikasida sodir bo`lgan. 

Ariqdagi suv oqib o`tayotgan quvurga 10 daqiqa davomida tiqilib qolib, suv yutgan 2 yoshli Azizbek Shuhratov klinik o`lim alomatlari bilan poliklinikaga olib kelingan.

Poliklinika shifokori, jarroh Komil Rayimov hamda boshqa shifokorlar ishtirokida bola hayoti qutqarib qolinib, Xatirchi tuman tibbiyot markaziy shifoxonasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Hozir bolaning ahvoli qoniqarli, unga uyiga javob berib yuborilgan, deyiladi SSV xabarida.

Boshqa yangiliklar