AsosiyJamiyat

Davlat xizmatlari agentligi direktori: Premium-klass” mashinalar egalari virus tarqatuvchi bo`lib chiqsa-chi?

'Davlat xizmatlari agentligi direktori: Premium-klass” mashinalar egalari virus tarqatuvchi bo`lib chiqsa-chi?'ning rasmi

Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilullo To`raxo`jaev BMW X7, Mercedes, Leksus,  Hyundai, Captiva, Malibu-2, Tracker avtomobillarida «kurerlik» uchun stiker so`rayotganlarga murojaat yozdi.  

Aytilishicha, ushbu arizalarga ilova qilingan hujjatlarda mazkur toifadagi avtomashinalar haydovchilari kurer sifatida rasmiylashtirilgan ish beruvchining buyrug`ini taqdim qilmoqda.  

«Mamlakatimizda hukm surayotgan ushbu og`ir kunlarda bunday ishlarni amalga oshirishga “uddaburon” tadbirkorlarimizning vijdonlari qanday qilib yo`l qo`ymoqda ekan?

Aynan ushbu “premium-klass” mashinalar egalari virus tarqatuvchi bo`lib chiqsa-chi? Mayli, pul uchun hamma narsaga tayyor ekansiz, hech bo`lmasa, yaqinlaringiz sog`ligi haqida hech o`ylab ko`rdingizmi? Axir bu virus “domino” effekti orqali tarqaladi-ku?

❗️Aynan Sizdek “hurmatli”lar tufayli, haqiqatdan ham oziq-ovqat, dori-darmon, don mahsulotlarini etkazib beruvchilar tegishli ruxsatnomasini o`z vaqtida ololmayapti!

Balki Sizda uyat, vijdon kabi his-tuyg`ular kamroq, xudbinlik esa ko`proqdir, lekin Sizni jinoyat kodeksidagi javobgarlikning muqarrarligi prinsipi normalari ham qo`rqita olmaydimi? Insoniylik his tuyg`ulari ham shunday vaziyatda uyg`onmaydimi?

❗️Biroq bitta narsani aniq bilishingizni hohlaymiz, g`arazli maqsadingiz yo`lida hujjatlarni soxtalashtirishga jinoiy javobgarlik muqarrardir», — deb yozgan DXA rahbari.  

Boshqa yangiliklar