O`zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog`liq vaziyatni hisobga olgan holda, Fransiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlardan iborat ko`ngillilar "O`zbekiston bilan birdamlik" aksiyasini tashkil qildi. Ular ushbu xayriya orqali O`zbekistonda aholining zaif qatlamiga yordam berish uchun ixtiyoriy mablag` yig`ishni boshlashdi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA
Mablag`lar fuqarolarimizning tibbiy va ijtimoiy ehtiyojlari uchun yo`naltiriladi.
Ushbu gumanitar loyihada ishtirok etishni istaganlar “https://www.lepotsolidaire.fr/pot/keds67ys” havolasi orqali maxsus hisob raqamiga pul mablag`larini o`tkazishlari mumkin.
O`zbekiston fuqarolarini qo`llab-quvvatlashga hissa qo`shish niyatida bo`lgan insonlarni xabardor qilib borish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi guruhlar tashkil qilindi:
“Facebook” dagi sahifa: www.facebook.com/groups/covid19uz,
“Telegram” kanal: https://t.me/covid19uz_fr | @covid19uz_fr.
Fransiyadagi vatandoshlar hamkorlikdagi qo`shma sa`y-harakatlar aholining zaif qatlami va epidemiyaga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga qiyinchiliklarni engib, faol hayotga qaytishda yordam berishini ta`kidlamoqda.