AsosiyJamiyat

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 17 ta loyihani amalga oshiradi

2015-2019 yillarda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida  tarkibiy o`zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiya qilishni ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida 17 ta loyihani amalga oshirish ko`zda tutilgan. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati ma`lumotlariga tayanib xabar berdi.

Shulardan o`n ikkitasi yangi qurilishlar, beshtasi modernizasiya va rekonstruksiya loyihalaridir.

Ana shu loyihalardan biri “Qalmoqqir” koni balansorti tashlama ma`danlarini qayta ishlashga jalb etish” loyihasidir. Ushbu loyihani hayotga tadbiq etishdan ko`zlangan asosiy maqsad har yili 4,0 million tonna ma`danlarni qayta ishlash hamda yiliga o`rtacha 4,9 ming tonna katodli mis ishlab chiqarishni nazarda tutgan holda "Qalmoqqir" koni balansorti ma`danlari tashlamalariga ilgari joylashtirilgan ma`danlarni qayta ishlashga jalb etishdir. Ushbu loyiha amalga oshishi bilan chiqindi miqdorini kamaytirish hisobiga mintaqada ekologik muhit yaxshilanadi. Yana bir muhim jihati shundaki, yangi ish o`rinlari yaratiladi va ikki yuzdan ortiq kishi ish bilan ta`minlanadi.

“Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida sement zavodi qurish” loyihaning asosiy maqsadi esa Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida xom-ashyo karerlarini barpo etib, ishlab chiqarishda kombinasiyalangan yoqilg`i (tabiiy gaz va toshko`mir)dan foydalangan holda yiliga 1,5 million tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan yangi sement zavodini qurishdan iborat.

Ushbu loyihada ko`zda tutilgan barcha jarayonlar yakunlanib, zavod ishga tushishi bilan yangi ish o`rinlari yaratiladi va ming kishi ish bilan ta`minlanadi.

Umumiy qiymati 2,457 million dollar bo`lgan mazkur loyihalar “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining o`z mablag`lari, O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi va tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar