Qashqadaryo viloyatida yo`l-transport hodisasi natijasida 5 nafar kishi halok bo`ldi, deya xabar beradi IIVning manbasi va “Novy vek” nashri ma`lumotlari asosida 12news.uz nashri.
Joriy yilning 9 aprel kuni Qarshi shahridan uzoqda bo`lmagan hududda Neksiya rusumidagi ikkita avtomobillarning to`qnashuvi sodir bo`ldi.
“To`qnashuv natijasida 5 nafar kishi halok bo`lgan, 2 nafari turli xildagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga etkazilgan”, – deya ta`kidlanadi nashrda.





