1

Nokia Fransiyaning Alcatel-Lucent kompaniyasini sotib oladi

Hi-tech 15.04.2015, 16:06
Nokia Fransiyaning Alcatel-Lucent kompaniyasini sotib oladi

Finlyandiyaning Nokia korporasiyasi Fransiyaning Alcatel-Lucent kompaniyasini 15.6 mlrd. dollarga sotib olmoqchi. Bu haqda Kun.uz nashri The Wall Street Journal gazetasi ma`lumotlari asosida xabar beradi.  

Ma`lumotda aytilishicha, muzokaralar bir necha oy davom etgan hamda ikki kompaniya direktorlar kengashi, shuningdek, Fransiya hukumati tomonidan ma`qullangan.
Maqolada aytilishicha, global bozorda Shvesiyaning Ericsson va Xitoyning Huawei Technologies korporasiyalari bilan raqobatlasha olish uchun ikki kompaniya bir necha yildan buyon birlashishni rejalashtirib kelgan. Birlashgan kompaniya aksiyalarining 33.5 foizi Alcatel-Lucent’ga tegishli bo`ladi. Nokia’ning direktorlar kengashi raisi Risto Siilasmaa va bosh direktori Rajiv Surilar o`z o`rinlarida qoladi, direktorlar kengashi raisi o`rinbosarligiga esa Alcatel-Lucent vakili tayinladi.
Shartnoma 2016 yilning birinchi yarmida kuchga kirishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1