AsosiyJamiyat

Parkentda xalqaro aerokosmik maktabi ish boshlaydi

Shu yilning aprelidan iyun oyiga qadar Xalqaro aerokosmik maktab taxminiy mavsumi etib belgilandi, deb yozadi 12news.uz nashri.

O`qituvchilar va ishtirokchilarning tarkibi Roskosmosdan javob olingandan so`nggina tasdiqlanadi, deya xabar beradi Uzbekistan Today nashri Vohidov nomidagi xalqaro kosmik fond rahbari Feruza Voxidovaning so`zlariga asoslangan holda.

Eslatib o`tamiz, har yili Xalqaro aerokosmik maktabida mahalliy olimlar, turli mamlakatlardan tashrif buyurgan kosmonavtlar mashg`ulotlarni o`tkazadi.

An`anaga muvofiq, mashg`ulotlar dasturi ma`ruzalardan, shu bilan birga modellashtirish bo`yicha amaliy mashg`ulotlardan iborat.

    Boshqa yangiliklar