AsosiyJamiyat

Asli rossiyalik, qalbi o`zbekistonlik aktyor Farhod Mahmudov Rossiyada mushkul ahvolga tushgan o`zbekistonliklarga xayriya qildi”

Asli O`zbekistonda tug`ilib o`sgan, hozirda Rossiyada ijod qilayotgan aktyor Farhod Mahmud...

'Asli rossiyalik, qalbi o`zbekistonlik aktyor Farhod Mahmudov Rossiyada mushkul ahvolga tushgan o`zbekistonliklarga xayriya qildi”'ning rasmi

Asli O`zbekistonda tug`ilib o`sgan, hozirda Rossiyada ijod qilayotgan aktyor Farhod Mahmudov Rossiyada mushkul ahvolga tushib qolgan, yordamga muhtoj odamlarga oziq-ovqat tarqatdi.

Rossiyada karantin tufayli yurtiga qayta olmay qolgan, ish to`xtagani uchun moliyaviy jihatdan qiynalayotgan ko`plab yurtdoshlarimizga  yordam qo`lini cho`zgan san`atkorning ushbu xayriya ishi ijtimoiy tarmoqlarda  qo`llab-quvvatlandi.

Sinovli kunlarda qilingan ezgu ish bilan  minglab odamlarning duosini olgan Farhod Mahmudov bilan O`zA muxbiri bog`langan. 

-  Rossiyada “Dom dobrot” deb nomlangan xayriya tashkiloti bor. Shu tashkilot bilan bog`lanib, hozirgi qiyin vaziyatda hamyurtlarimga yordam berish istagim borligini aytdim. Ular esa menga haqiqatda ehtiyojmand oilalar manzillarini berdi. Ularning xonadonlariga borib, kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ulashdik. Men borgan oilalarda haqiqatda yordam zarur bo`lgan, nogiron bolalar bor edi. Ularga madad juda zarur. Qilingan ishdan juda mamnun bo`ldim. Men bu ishni yana davom ettiraman, degan 

photo5204332991097187550.jpg

Aktiyorning aytishicha, boshqa joylardagi kabi Moskvada ham karantinga rioya etilayapti. Ayni paytda uning o`g`li  Iskandar  masofadan dars olayotganligini, o`zi esa ssenariylar ustida ishlashga ko`proq vaqt sarflayotganligini aytgan.

Yurtdoshlarimizni esa keksalarga yordam qo`lini cho`zishga, sabrli bo`lishga, o`zi va yaqinlarini asrash uchun uyda qolishga chorlagan. 

    Boshqa yangiliklar