AsosiyJamiyat

O`zbekistonda chigirtkadan oqsil ozuqalar ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi

Hayvonlar uchun chigirtkadan oqsil ozuqalar ishlab chiqarish bo`yicha dastlabki Chelyabinsk innovasion qurilmalari O`zbekistonda ishlashni boshlaydi. Bu haqda 12news.uz nashri ushbu loyiha rahbari Chelyabinsk qishloq xo`jaligi mashinasozligi davlat akademiyasining ilmiy ishlari bo`yicha prorektori Petr Svechnikov bergan ma`lumotlar asosida xabar qilmoqda.

Uning so`zlariga ko`ra, ozuqa ishlab chiqarish uchun maxsus qurilma yaratilgan.

– "Chigirtkalar bo`linmaga tushadi va maydalanadi, quritilib, kasallik qo`zg`atuvchi har qanday mikroblarni yo`q qilish maqsadida kuchli bosim ostida va yuqori haroratda qayta ishlanadi. Soatiga 10 km tezlikda ishlovchi mashina bir kunda 5-7 tonna miqdorida ekologik jihatdan xavfsiz ozuqa ishlab chiqariladi", – deydi Svechnikov.

Shunga alohida e`tibor qaratish kerakki, qurilma takomillashtirib borilmoqda, so`nggi oylar ichida ishlab chiqarish quvvati 1,5 barobarga oshgan, xizmat ko`rsatish muddati 10 barobarga ortib, narxi sezilarli darajada pasaygan.

Ishlab chiqaruvchilarning ma`lumotlariga ko`ra, chigirtkadan tayyorlangan ozuqa qiymati va unning to`yimliligi tengsizdir. Misol uchun, protein cho`chqa va sigirda 17 foizni tashkil etsa, baliqda 21 foiz, chigirtkada esa 75 foizni tashkil etadi.

 

    Boshqa yangiliklar