AsosiyJamiyat

Rishtonda yo`l chetida to`xtab turgan “Labo”ni borib urgan "Tiko" haydovchisi halok bo`ldi

'Rishtonda yo`l chetida to`xtab turgan “Labo”ni borib urgan "Tiko" haydovchisi halok bo`ldi'ning rasmi

Rishtonda sodir bo`lgan avtohalokat bir fuqaroning umriga zomin bo`ldi, deya xabar qildi Farg`ona viloyati IIB. 

Aniqlanishicha, 2 aprel kuni M.X. "Tico" rusumli avtomashinasida Quyi-Avazboy mahallasi hududida boshqarib ketayotib, yo`l harakati qoidalarini buzib, yo`l chetida to`xtab turgan “Labo” rusumli avtomashinasiga urilib, to`qnashuv sodir etgan. Oqibatda "Tico" avtomashina yo`lovchisi M.X. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar