AsosiyJamiyat

AQSh elchixonaci ingliz tili o`rganishni xohlaganlarga stipendiya taqdim etadi

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida AQShning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pamela Spartlen bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deya xabar beradi telegraf.uz nashri.

Muzokaralar chog`ida oliy ta`lim tizimida hamkorlik aloqalarining istiqbollari, shu jumladan ta`lim muassasalalarining bevosita aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Fulbrayt singari dasturlar doirasida AQSh professor o`qituvchilari O`zbekistondagi Oliy ta`lim muassasalarida talabalarga ingliz tilidan saboq berib kelishadi. O`qituvchilarning tajriba almashuv tizimlari nafaqat tilshunoslik yo`nalishi balki matematika, texnik fanlar va muhandislik ixtisosliklarini ham qamrab oladi.

P. Spratlenning qayd etishicha, AQSh elchixonasi ushbu mamlakatda ta`lim olgan o`qituvchilar rahbarligi ostida ingliz tilini o`rganishni istaganlarga stipendiyalar taqdim qilish bo`yicha dastur doirasida hamkorlik olib boradi.

Tomonlar oliy ta`lim sohasidagi hamkorlik ingliz tilini o`rganishdan tashqari, innovasion texnologiyalar, quyosh energetikasi, geologiya va tog` ishi kabi boshqa sohalarni ham qamrab olishi mumkinligini ta`kidlab o`tdi.

    Boshqa yangiliklar