Bugun AOKA shtabida Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko`tarilgan savol va murojaatlarga javob qaytarildi.
Savol: Nega haligacha na Tashqi ishlar vazirligi, na Oliy ta`lim vazirligi chet elda tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalarning ahvoli haqida MA`LUMOT BERMAYaPTI? Ularning holidan kimdir xabar olyaptimi?
Javob: Xorijda bo`lib turgan fuqarolarimiz, jumladan talaba-yoshlarning murojaatlariga O`Z VAQTIDA javob qaytarish, hozirgi xalqaro epidemiologik sharoitda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun chet eldagi barcha elchixonalarimiz va konsullik muassasalarimiz huzurida tezkor shtablar tashkil etilgan. Mazkur shtablarga murojaat qilgan har bir fuqaromiz bilan alohida ishlanmoqda, ularga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko`rsatilmoqda, ular duch kelgan masalalar, jumladan maishiy muammolarni o`z vaqtida bartaraf etish borasida zarur choralar ko`rilmoqda.
Vatanga qaytish istagini bildirgan xorijdagi talabarimizning RO`YXATLARI ShAKLLANTIRILIB, charter reyslarini tashkillashtirish bilan bog`liq masalalarni ko`rib chiqishlari uchun Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Respublika maxsus komissiyasi, mas`ul vazirlik va idoralariga kiritildi.