Qo`ni-qo`shnilar, bemorlar holidan xabar olish azaldan xalqimizga xos qadriyatlardan sanaladi. Ayniqsa, bugungi sinovli kunlarda kam ta`minlangan oilalar, keksalar, ishsizlar, shuningdek, doimiy ishlamaydigan va har kuni karantin tufayli ishlay olmayotganlar, nogironligi bo`lgan shaxslarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda tibbiy niqob va dori-darmon vositalari etkazib berish davlatimizning diqqat markazidadir.
Oliy Majlis Senati Raisining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, parlament yuqori palatasi virtual qabulxonasi hamda telefon orqali ana shunday ehtiyojmand oilalardan murojaatlar kelmoqda.
Xususan, Jizzax shaxrida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Musurmonova hozirgi vaqtda ishsiz, ijarada yashab kelayotgani, voyaga etmagan 3 nafar farzandi va bir nafar nogironligi bo`lgan bolasi bilan qiyin axvolda qolganligi to`g`risida murojaat yo`llagan.
Bundan tashqari, Kashkadaryo viloyati Chirokchi tumanida yashovchi uchunchi guruh nogironi R.Chorshanbiev hozirgi kunda to`rt nafar farzandi bilan moddiy tomonlama qiynalayotgani sababli extiyojmand oilalar uchun taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan ajratilishini so`ragan.
Yangiyo`l tumanida yashovchi V.Amirov esa qo`ng`iroq orqali ayni kunlarda ijtimoiy himoyaga muhtojligi, zarur oziq-ovqat mahsulotlari etkazilishida yordam berilishini so`rab murojaat qilgan. Yana bir fuqaro, farg`onalik D.Toshmatova o`z murojaatida bir nafar farzandi bilan og`ir oilaviy sharoitda qolgani, oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoji borliginii ma`lum qilgan.