AsosiyJinoyat

Karantin joriy etilgan bir paytda fohishaxona ochgan yana bir ayol qo`lga olindi

'Karantin joriy etilgan bir paytda fohishaxona ochgan yana bir ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 4 aprelida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlarining tezkor tadbiri natijasida qo`shmachilik qilish, ya`ni fohishaxona yurgizish bilan bog`liq yana bir jinoyat aniqlandi. Bu haqda  Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi

Mazkur holat Qo`qon shahrida aniqlangan. Ya`ni Qo`qon shahar IIO FMB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir vaqtida T.Sh.ismli ayol o`z xonadonida K.A. va M.D.larga jinsiy aloqa qilish uchun 70 000 so`m pul evaziga sharoit yaratib bergan vaqtida ushlangan.          

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, sal avval karantin joriy etilgan bir paytda Jizzaxda fohishaxona yuritayotgan qo`shmachi shaxs mijozlari bilan birga qo`lga tushgani haqida xabar berilgandi.

Boshqa yangiliklar