Toshkent tumani Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limining homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi ish boshladi.
“Fayziobod” MFY binosida joylashgan markaz faoliyati koronavirus pandemiyasi vaqtida kam ta`minlangan, iqtisodiy jihatdan nochor oilalar va vaqtinchalik ishsiz bo`lgan fuqarolarga xayriya sifatida oziq-ovqat mahsulotlarini berishga ixtisoslashgan.
Endilikda belgilangan tartibga ko`ra, nogiron, nochor, ehtiyojmand kishilarga ko`rsatiladigan xayriya yordamlari tumandagi ushbu markaz tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladi.
Ayni damda markazda ish qizg`in.
Shu kungacha tumandagi yashash sharoiti og`ir 2000 ga yaqin oilaga oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlari beg`araz etkazib berildi.
Xayriya yordamlarini ehtiyojmand oilalarga etkazib berish ishlari davom etmoqda.
Homiylik xayriyalarini amalga oshirmoqchi bo`lgan tumandoshlarimiz +998997957443, +998974251441 raqamlariga qo`ng`iroq qilib yoki Xayriyalarni muvofiqlashtirish markaziga kelib murojaat etgan holda savobli ishga hissa qo`shishlari mumkin.
Markaz manzili: “Qizg`aldoq” hududi, “Fayziobod” MFY binosi (mo`ljal: tuman Akusherlik kompleksi ko`chasi).