AsosiyJamiyat

Insholar tanlovida ishtirok eting va planshetga ega bo`ling

'Insholar tanlovida ishtirok eting va planshetga ega bo`ling'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi umumta`lim muassasalari o`quvchilari uchun “Nima deb o`ylaysiz...? rukni ostida insholar tanlovini e`lon qildi.  

Tanlovda umumta`lim maktablarning 6-11 sinf o`quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda o`zbek va rus tillarida yozilgan insholarni yuborish mumkin.

Insholar joriy yilning 20 apreliga qadar qabul qilinadi!  

Tanlov davomida sinflar quyidagi guruhlarga ajratiladi va har bir guruh bo`yicha 1-2 va 3-o`rin sovrindorlari aniqlanadi:

- 6-7 sinflar;  

- 8-9 sinflar;  

- 10-11 sinflar.  

Tanlov g`oliblari uchun quyidagi mukofotlar beriladi:  

1-o`rin uchun – Planshet (3 nafar birinchi o`rin);  

2-o`rin uchun – Elektron kitob (3 nafar ikkinchi o`rin);  

3-o`rin uchun – Smart-soat (3 nafar uchinchi o`rin).

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi ro`yxatdan o`tish shaklini to`ldirishingiz va inshoni jo`natishingiz lozim: https://forms.gle/SWAN2DWKoAhGRWGW8.  

Insho mavzulari va belgilangan talablar bilan www.tdi.uz sayti va @uztdi telegramm kanali orqali tanishishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar