AsosiyJamiyat

Tibbiyot kollejlari texnikum etib qayta tashkil etiladi

'Tibbiyot kollejlari texnikum etib qayta tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “O`zbekiston Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Hujjat bilan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2020/2021 o`quv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kollejlarini Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik beriladi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Abu Ali ibn Sino nomidagiJamoat salomatligi texnikumlari faoliyatini samarali tashkil qilish bo`yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning o`z vaqtida va to`liq amalga oshirilishini ta`minlaydi:

  • Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining moddiy-texnik bazasini yanada kuchaytirish, amaliyot xonalarini belgilangan normativlarga asosan jihozlash, o`quv-simulyasion auditoriyalarni tashkil etish;
  • valeologiya, tibbiy psixologiya, nutrisiologiya, dietologiya, farmakologiya, kineziologiya, reabilitologiya, profpatologiya fanlarini chuqurlashtirilgan holda o`qitilishini joriy etish hamda mazkur texnikumlarning o`quv rejalari va fan dasturlarini ilg`or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish;
  • tibbiyot oliy ta`lim muassasalarining yuqori malakali professor-o`qituvchilarini jalb qilgan holda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida masofaviy ta`lim orqali dars mashg`ulotlarini o`tkazish.

Boshqa yangiliklar