AsosiyJamiyat
2810

O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlardan 10 nafarining ahvoli og`ir

'O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlardan 10 nafarining ahvoli og`ir'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O`zbekistonda ayni paytda koronavirus bilan kasallanganlar holati bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi:  

—  Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan ro`yxatga olingan bemorlar soni 534 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma`lumotga ko`ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 98 bemorning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 7 nafarining ahvoli og`ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 69 bemordan 3 nafarining ahvoli og`ir, deb baholanyapti.  

Mamlakatimizda karantin tadbirlari davom etyapti. Shu paytga qadar 180 mingga yaqin odam karantin muddatini o`tab, kasallik tasdiqlanmaganligi uchun uyiga javob berildi. Hozirgi paytga kelib 86 mingdan ko`proq fuqaromiz uy va stasionar sharoitida karantin tadbirlarini o`tayapti. Stasionar sharoitda karantin tadbirlarini o`tayotganlar soni 23 mingdan ko`proqni tashkil etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar