AsosiyJamiyat

II jahon urushi g`alabasining 70 yilligiga yangi pochta markalari chiqarildi

22 apreldan Ikkinchi jahon urushi g`alabasining 70-yilligiga bag`ishlangan pochta markalar turkumi muomalaga kiritildi.

Markalar “O`zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritildi, bu haqda "O`zbekiston pochtasi" xabar beradi.

Turkum ikkita pochta markasi va bitta kupondan iborat zanjir ko`rinishida chop etilgan.
Pochta markalarida Mustaqillik maydonida joylashgan “Motamsaro ona” haykali hamda yosh avlodning Ikkinchi jahon urushi veteranlarini tantanali tabrigi tasvirlangan.

Zanjirning kupon qismida esa mangulik olovi, o`zbek tili lotin alifbosida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” so`zlari va Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi mardonavor kurashda vafot etgan qahramonlarimizning ro`yxatli kitobi tasvirlangan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforasiyasi taroqsimon. Markalarning o`lchami 42x30 mm. Markalarning dizayneri – Yusupaliev U.

Markalarga identifikasiya raqamlari berilgan:

1111. “Motamsaro ona” haykali Nominali – 1000 so`m

1112. “Urushi veteranlarini tantanali tabrigi” Nominali – 1200 so`m

    Boshqa yangiliklar