AsosiyJamiyat

Yana 8 nafar bemor koronavirusdan to`liq tuzaldi

Yurtimizda ham koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar orasida butkul sog`ayganlar s...

'Yana 8 nafar bemor koronavirusdan to`liq tuzaldi'ning rasmi

Yurtimizda ham koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar orasida butkul sog`ayganlar soni oshib bormoqda. Bugun ulardan yana 8 nafari kasallikdan forig` bo`ldi. Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas`ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda SSV rasmiy ma`lum qildi.

"Shunday qilib, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemordan 38 nafari butkul sog`ayganini mamnuniyam bilan aytishimiz mumkin. Tuzalganlarning kun sayin ko`payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohada faoliyat olib borayotgan fidokor tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam. Shifokorlar bemorlarni davolashda dunyo tajribasi, xususan, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya kabi qator mamlakatlarning eng nufuzli mutaxassislari tavsiyalaridan foydalanishmoqda. Bundan tashqari, Prezidentimiz topshirig`iga ko`ra, har bir bemorga ikki nafardan shu sohada ko`zga ko`ringan tajribali mutaxassislar jalb qilinib, standartlar bo`yicha davolash choralari ko`rilmoqda. 

Shuningdek, shifokorlar bemorlarni davolash jarayonida mamlakatimizning etuk pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog, reanimatolog kabi qator mutaxassislar bilan telemuloqot o`rnatib, ulardan kerakli tavsiyalarni olayotgani ham qo`l kelmoqda. Tor mutaxassislar bilan hamkorlik bemorlarning holati yuzasidan maslahatlashish, aniq tashxis qo`yish va davolash imkonini berayapti. 

Yana bir guruh sog`aygan bemorlarni kuzatish marosimida Sog`liqni saqlash vaziri A. Shadmanov fidokor tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o`tamiz, hozirda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning sog`ayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda", — deyiladi SSV Matbuot xizmati xabarida.


 

Boshqa yangiliklar