AsosiyJamiyat

Qo`qonda ota o`zining 6 yoshli farzandini 4-qavatdan tashlab yubordi

'Qo`qonda ota o`zining 6 yoshli farzandini 4-qavatdan tashlab yubordi'ning rasmi

Qo`qonda ota o`zining 6 yashar o`g`lini kasalxonaning to`rtinchi qavatidan itarib yubordi. Bu haqda «darakchi.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida ma`lum bo`lishicha, voyaga etmagan D.Sh. (ruhshunos ishtirokida) bergan tushuntirishida o`zini kasalxona derazasidan 40 yoshli otasi I.Sh. itarib yuborgani aytgan. Buning oqibatida bola o`rtacha og`ir darajada tan jarohati oladi.

Holat yuzasidan 2020 yil 28 fevral kuni Qo`qon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 111-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilgan. Biroq ish materiallari shahar prokuraturasi tomonidan o`rganilganda  I.Sh.ning harakatlarida ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o`ldirishga suiqasd qilish jinoyati alomatlari aniqlanadi. Shundan kelib chiqib, kuni kecha (07.04.2020y.) ayblov Jinoyat kodeksining 111-moddasi 1-qismidan 25,97-moddasi 2-qismi (ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o`ldirishga suiqasd qilish) «v» bandiga qayta malakalandi.

Yangi ayblov bo`yicha tergov harakatlari davom etmoqda, deyilgan taqdim etlgan ma`lumotda.

    Boshqa yangiliklar