1

Qo`qondagi portlash yuzasidan IIV rasmiy ma`lumot berdi

Jamiyat 25.04.2015, 11:56
Qo`qondagi portlash yuzasidan IIV rasmiy ma`lumot berdi

2015  yil  24  aprel  kuni  soat  20.30 lar  chamasida  Farg`ona  viloyati Qo`qon  shahar, Furqat  ko`chasida  joylashgan  “Avtogaz”  mas`uliyati  cheklangan  jamiyatga  qarashli  “Sayohat” nomli  avtomashinalarga  gaz  quyish  shahobchasida suyultirilgan gazni  sig`imga  to`kish  texnologiyasiga  to`liq rioya  qilinmaganligi oqibatida yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot markazining xabar berishicha, shahobchadagi ikkita turli hajmdagi sig`imlar yong`inda qizish oqibatida yorilib,  portlash  yuz bergan.

Yong`inni  bartaraf  etish   vaqtida  shahobchaning bir  nafar ishchisi   va  ikki  nafar  yong`in  xavfsizligi  xizmati  xodimlari  turli  darajadagi   kuyish  jarohatlari  bilan  kasalxonaga  yotkizilganlar.

Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Holat bo`yicha dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib  borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1