Toshkentdagi “Jo`rabek” jome` masjidida yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 26.04.2015, 15:49
Toshkentdagi “Jo`rabek” jome` masjidida yong`in sodir bo`ldi

26 aprel kuni, tungi soat 02:00da Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Farg`ona yo`li ko`chasi, 51 - uyda joylashgan “Jo`rabek” jome` masjidining tom qismidan o`tgan elektr simlarini qisqa tutashuvi oqibatida yong`in sodir bo`lgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmatining xabar berishicha, yong`in kuchli shamol oqibatida yuz bergan. Ko`rilgan choralar natijasida, yong`in soat 02:53da to`liq qamrab olinib, soat 03:23da batamom o`chirilgan.

Yong`in oqibatida jarohat olganlar yo`q.

Xozirda surishtiruv ishlari olib borilib, yong`in oqibatida etkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1