O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon imzoladi

Jamiyat 27.04.2015, 11:24
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon imzoladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida» Farmon imzoladi.

Farmon to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo`lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta`minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida imzolangan.

Unga ko`ra korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari etib xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish va shu asosda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish, ishlab chiqarish, investisiya, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, chet el kapitali ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investisiyalarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish belgilangan.

Shuningdek, eski bo`linmalar va lavozimlarni tugatish, zamonaviy xalqaro standartlar va bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi bo`linma va lavozimlarni joriy etishni inobatga olgan holda, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etish, aksiyadorlik jamiyatlarini strategik boshqarish, boshqaruv xodimlarining samarali faoliyatini nazorat qilishni ta`minlashda aksiyadorlar, jumladan, minoritar aksiyadorlar rolini oshirish ham belgilab berilgan.

Hujjatda faoliyat ko`rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini tanqidiy o`rganish natijalariga ko`ra, 364 aksiyadorlik jamiyati nochor va tugatilishi yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi lozim, deb topilgani aytib o`tilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 31 martdagi PQ 2327-sonli qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi (R.Azimov) qayd etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil etish jarayonini 2015 yilning 1 oktyabriga qadar  tugatish ustidan qat`iy nazorat o`rnatsin.

Farmonning to`liq matni bilan O`zAda tanishish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1