1

Yarim asrning eng sovuq bahori hosilga ziyon etkazdimi?

Jamiyat 27.04.2015, 11:36
Yarim asrning eng sovuq bahori hosilga ziyon etkazdimi?

“Bahorda yoqqan qor sabab hosilni sovuq urdimi?”, “Bemavrid yoqqan qor mevali daraxtlarga ziyon etkazdimi?”... Joriy yil bahorida respublikamizda yoqqan qor aholini ayni shu savollar bilan xavotirga solib qo`ydi. Lekin bu xavotir asoslimi? Yurtimizda bahor mavsumida tabiatning bu darajada keskin o`zgarishi avval ham kuzatilganmi? Quyidagi sahifamizda ana shu savollarga mutaxassislar bilan birgalikda javob topamiz.

FEVRALNING ILIQLIGI NOODATIY EMAS, AMMO MARTDAGI QOR...

Irina Zayseva, O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati Markazi Bosh sinoptigi:

  • Bu yil fevral oyi juda iliq keldi, fevraldagi o`rtacha havo harorati shu oy uchun bo`lgan o`rtacha haroratdan 2-5o iliq bo`ldi (Toshkentda 4.3o), eng issiq davrlarida esa issiq havo 10-12o darajagacha ko`tarildi. 15 yildan beri fevral oyidagi iliqlik tez-tez takrorlanadigan bo`ldi — Toshkentda qariyb har uchtadan ikkita fevralda o`rtacha harorat me`yordan 3-4o oshib ketdi, 2006 va 2004 yillarda bu me`yor 5o oshdi. Shu sababli bu yil ham fevralning iliq va qorsiz kelgani noodatiy holat emas.

Martning asosiy qismi, odatdagidek iliq va salqin havo bilan kechdi.  Oyning oxirida esa Ural hududidan respublikamizga  keskin sovuq havo oqimi  kirib keldi. 29-31 mart kunlari mamlakatimiz hududida qor yog`ib o`tdi. Harorat kechasi 2-7o sovuq bo`ldi, joylarda esa harorat 8-10o tushib ketdi, kunduzlari esa 0o sovuq kuzatildi.

Bu so`nggi 50 yil ichidagi eng sovuq oy bo`ldi. 30-31 mart kuni respublikamizning asosiy qismida harorat bu davr uchun avvalgi yillarning barcha minimumlarini ortda qoldirdi.

TABIATNING “O`YINI” XAVF TUG`DIRIShI MUMKINMI?

Tabiatning bunday “o`yini” gullagan daraxtlarga qanday ta`sir qilganligini bilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga murojaat qildik.

Vazirlik matbuot xizmatidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, keskin ob-havo hosildorlikka ta`sir qilishi haqidagi tarqalgan mish-mishlarni mutlaqo asossiz, deb aytish mumkin. Ehtimol, mart oyida kelgan keskin sovuq havo  ba`zi erlarda qarovsiz gullagan daraxtlarning muzlashiga sabab bo`lgandir. Biroq xalqimiz dasturxoniga mevalar etishtirib beradigan dehqon va fermer xo`jaliklarimiz har qanday ob-havo sharoitiga “chap” bera olishadi. Buning uchun Qishloq va suv xo`jaligi vazirligining rasmiy saytida tashkil etilgan Interaktiv xizmatlar sahifasida fermerlar uchun foydali tavsiyalar bo`limi mavjud. Unda doimiy ravishda bog`bon va fermerlarimizga hosilni har qanday sharoitda saqlab qolish borasida foydali tavsiyalar berib boriladi. Yurtimizdagi fermerlar ana shu tavsiyalardan foydalanib borishadi. Shu sababli ular har qanday ob-havoga doim tayyor ekanliklarini va ob-havo hosildorligimizga ta`sir qilmasligini ishonch bilan aytishimiz mumkin.

Laylo RUSTAMOVA yozib oldi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1