AsosiyJamiyat

Oshxonadagi eng ommabop bir mahsulot koronavirus profilaktikasi uchun tavsiya etilgan dorilar ro`yxatiga kiritildi

'Oshxonadagi eng ommabop bir mahsulot koronavirus  profilaktikasi  uchun  tavsiya  etilgan  dorilar  ro`yxatiga  kiritildi'ning rasmi

Osh tuzi  koronavirus  profilaktikasi  uchun  tavsiya  etilgan  dorilar  ro`yxatiga  kiritildi

Rossiya Federasiya sog`liqni  saqlash  vazirligi  natriy  xlorid (osh  tuzi)ni  koronavirus profilaktikasi uchun tavsiya etilgan dorilar ro`yxatiga kiritdi. Bu haqda vazirlikning rasmiy saytida e`lon qilindi. 

Rossiya  SSV  tavsiyasiga ko`ra, osh tuzidan  tayyorlangan  izotonik  eritma bilan burun  shilliq  qavatini chayish  mumkin. Bu, mutaxassislar  ta`kidlaganidek, yuqumli  kasalliklarning  bakterial  va  virusli patogenlari  sonini  kamaytiradi.  

Shu  o`rinda   eslatib  o`tamiz, koronavirusdan himoyalanishning eng ma`qul chorasi -  shaxsiy gigiena  qoidalariga  rioya  etishdir.  Qo`llarni  tez-tez  sovun bilan yuvish,  bir  martalik  tibbiy  niqoblarni  har  ikki  soatda almashtirib  turish yodingizdan  chiqmasin! 

Boshqa yangiliklar