AsosiyDunyo

Angliyada 3 oylik chaqaloq 4 kunda koronavirusdan tuzaldi

'Angliyada 3 oylik chaqaloq 4 kunda koronavirusdan tuzaldi'ning rasmi

Shimoli-g`arbiy Angliyaning Lankashir grafligida yashovchi ayol o`zining 3 oylik qizalog`idagi koronavirus alomatlari haqida gapirib berdi, deb yozgan The Sun.

Uning aytishicha, 2 aprel kuni chaqaloqning tana harorati 38,5 darajagacha ko`tarilgan. Ayol tez yordamga murojaat qilgan, unga uyda qolishni maslahat berishgan. Biroq ertasi kuni ertalab bolaning issig`i 39,1 gacha ko`tarilib ketgan va nafas olishi qiyinlashgan.

Murojaatga ko`ra, etib kelgan tez yodam xodimlari qizchani kasalxonaga yotqizgan, 4 aprel kuni esa unda koronavirus borligi aniqlangan. Davolanish muvaffaqiyatli o`tib, 2 kundan so`ng bola kasalxonadan chiqarilgan.

«U hali virusdan butunlay tuzalgani yo`q. Men hatto virus yuqtirdimmi-yo`qmi, bilmayman. Chunki menda paydo bo`lgan yagona belgi bosh og`rig`i bo`lib, dori ichsam ham o`tib ketmayapti», — deydi qizchaning onasi.

Ayol, shuningdek, atrofdagilarni shifokorlar tavsiyasiga amal qilishga va uyda qolishga chaqirgan.

Avvalroq Qozog`istonda koronavirusga chalingan ayol farzandli bo`lgani, chaqaloqdan COVID-19 tahlili olingani xabar berilgan edi.

Boshqa yangiliklar