1

"Darakchi" gazetasida yangi loyiha!

Jamiyat 27.04.2015, 14:03
"Darakchi" gazetasida yangi loyiha!

"Darakchi" xarajatlaringizni qisqartirishda ham sizga ko`makdosh!

Hurmatli mushtariylar! Siz uchun maxsus! Endi siz, Toshkent shahridagi Korzinka.uz supermarketlar tarmog`i bilan hamkorlikda yangi loyihani "Darakchi" gazetasida kuzatib borishingiz mumkin.

► Ushbu loyiha doirasida sahifalarimizda chop etilayotgan qirqma kuponlar poytaxtimizdagi supermarketlaridan qilayotgan xaridlaringiz asnosida pulingizni tejab qolish imkonini beradi.

► Har bir kupon unda ko`rsatilgan mahsulot turi uchun amal qiladi.

► To`lov asnosida ushbu sahifadan qirqib olingan kuponni kassaga ko`rsatib, unda ko`rsatilgan mahsulotni  arzonroq narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

► Tejab qolinadigan pul miqdori har bir sonda har xil bo`lishi mumkin.  

► Har bir sondagi kuponlarda har xil turdagi mahsulotlar ko`rsatiladi.

► Eslab qoling, kupon qisqa muddatda amal qiladi. Amal qilish muddati tavsiya etilayotgan mahsulot surati yonida ko`rsatilgan.

► To`liq ma`lumotlarni loyiha sahifasida o`qing va sizni qiziqtirgan savollar bilan ko`rsatilgan raqamlarga qo`ng`iroq qiling.

"Darakchi" va "Korzinka.uz" bilan pulingizni tejang!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1