Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qarori bilan 2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga Davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish to`xtatilgan edi.
Ushbu qaror asosida transport vositalarining harakatlanishi bo`yicha berilgan maxsus ruxsatnomalarni o`z kuchini saqlab qolishi masalasida ayrim tushunmovchiliklar bo`lmoqda. “Huquqiy axborot” telegram kanali ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Maxsus komissiyaning qaroriga asosan, avtotransport vositalariga 2020 yil 9 aprel kuniga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolingan.
Ma`lum qilinishicha, hozirgi paytda ayrim shaxslar tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomalarni boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish yoki ulardan maqsadsiz foydalanish orqali karantin tadbirlarini buzish holatlari uchramoqda.
Fuqarolardan maxsus ruxsatnomalardan maqsadli foydalanish orqali e`lon qilingan karantin tadbirlariga qat`iy rioya etishlari so`raladi.






