Issiq va sovuq suv narxlari oshadi

Jamiyat 28.04.2015, 23:04
Issiq va sovuq suv narxlari oshadi

15 maydan e`tiboran Toshkent shahrida issiq va sovuq suv, shuningdek markaziy isitish tizimi uchun yangi tariflar kuchga kiradi. Bu haqda e-kommunal.uz sayti xabar beradi.

Poytaxtda markaziy isitish tizimi uchun bir oylik tarif narxi turar joyning bir kvadrat metri uchun 11,4 foizga oshib, 941,14 so`mni tashkil qiladi. Shuningdek, korxona va tashkilotlar uchun ham issiqlik energiyasining ulgurji tarifi oshadi.

Issiq suv uchun yangi tarif hisoblagich bo`lmagan taqdirda kishi boshiga 11777,69 so`mni, hisoblagich bilan esa bir kubometr uchun 3015,87 so`mni tashkil etadi.

Sovuq suv uchun yangi narxlar yaqin kunlarda ma`lum bo`ladi.

Kommunal xizmatlar uchun tariflar so`nggi marta o`tgan yilning oktyabr oyida oshirilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1